03 iyu 08:59
Yangiliklar

"Rolan Garros". Sinner Andrey Rublyovni tomoshabinlar qatoriga kuzatib qo'ydi
Italiyalik tennischi to'rtinchi davra bahsida ATP reytingida 15-o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyovga ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3, 6/4. Yannik tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni o'z foydasiga yiriklashtirdi - 7:3.
Ikki soatu bir daqiqa davom etgan bahsda Sinner 5, Rublyov 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida - 5 ga 0. Yannik "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlardagi 72-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu bilan u vatandoshi Fabio Foninini ortda (71) qoldirib, italiyalik tennischilar orasida rekordni yangiladi. U yarim final chiptasi uchun qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar