14 dek 15:25
Yangiliklar
Ronaldo Neymarga psixologga ko'rinishni maslahat berdi
"Men bu bosimga qarshi turish uchun psixologik yordami olinishini maslahat beraman – bir kishi uchun bu juda ko'p. Neymar ishtiyoq va xuddi shunday istak bilan qaytadi. Lekin shuni takidlamoqchimanki, futbolchilarimizning ruhiy salomatligini kuzatib borish kerak. Biz uchun bu masalani hal qilish juda muhim, ayniqsa, butun dunyo terma jamoani kuzatayotgan Jahon chempionatiga kelganda. Butun dunyo Neymarga qarab turdi.
Psixologik jihatdan yomon holatdaligini aytgan intervyusini ko'rganimda yuragim ezildi. Men unga qanday yordam berish haqida o'yladim. Hozir buning iloji bor, bizning vaqtimizda bu haqda ko'p ham gapirilmagan. U o'z faoliyatida qilgan har bir narsani qadrlashi lozim.
Nima bo'lsa bo'ldi. Buni Neymar biladi. Albatta, hamma Jahon chempionatida g'alaba qozonishni xohlaydi, lekin bu oson emasligini hamma tushunadi. Bizda beshta unvon bor va biz eng katta g'olibmiz", – dedi Ronaldo.
Eslatib o'tamiz, "pentakampeonlar" chorak finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketgan edi.
Fikrlar