03 jan 09:11
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu 5 oy deganda chempionatda gol ura olmadi
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al Ahli"ga qarshi kechgan o'yinda maydonni golsiz tark etdi va kamiga jamoasi ham mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qildi.
Portugaliyalik hujumchi sardorligidagi jamoa 13-turda "Al Ahli"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu bilan 40 yoshli forvard 14 sentyabrdan buyon ilk marta chempionat o'yinida gol ura olmadi. O'sha vaqtdan beri u ketma-ket 9 ta uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olgandi.
Ronaldu ayni paytda 12 ta gol bilan chempionat to'purari bo'lib turibdi. Jamoadoshi Joau Feliksda ham shuncha gol bor.

Havola :
Fikrlar