13 dek 11:13
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu Badir Al Mutvaning rekordini takrorladi
Krishtianu Ronaldu uchun Qatardagi mundial omadsiz yakunlandi.
U Marokashga (0:1) qarshi chorak final bahsida zaxiradan maydonga tushdi. Bu 37 yoshli forvardning Portugaliya TJ libosidagi 196-o'yini bo'ldi. U mazkur natija bo'yicha terma jamoalar tarixida eng ko'p uchrashuvda qatnashgan quvaytlik Badir Al Mutva bilan tenglashdi.
Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini 2003 yil boshlagan va hozirgacha 118 ta (jahon rekordi) gol urishga erishgan. Avvalroq, forvard 5 ta JCHda gol urgan ilk futbolchi sifatida rekord o'rnatgandi.
Havola :
Fikrlar