08 jan 17:06
Yangiliklar
Ronaldu ketganidan keyin MYUda qattiq qoida yo'lga qo'yildi
Portugaliyalik futbolchining klubdagi maoshi boshqalardan ko'ra sezilarli ravishda katta edi. "Daily Mail" xabariga ko'ra, endi "Yunayted"da futbolchining haftalik maoshi 200 ming funtdan oshmaydi. Bu katta ehtimol bilan jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning qarori bo'lishi mumkin.
Yangi qoida David de Xeaning maoshiga tasir qilishi mumkin. Posbon MYUda haftasiga 350 ming funt maosh olayotgandi. Uning klubdagi shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi. Oldinroq berilgan malumotlarga qaraganda, ispaniyalik kiper jamoada qolish uchun maoshining pasayishiga rozilik bildirgan. SHu orqali u Brunu Fernandesh bilan bir xil maosh olishi kutilmoqda.
Ayni damda jamoaning asosiy futbolchilari - Rafael Varan, Xarri Maguayr, Kazemiro va Fernandesh taxminan haftasiga 200 ming funtga yaqin maosh olmoqda. Agarda jamoa ECHLga chiqa olmasa, ularning maoshi pasayadi.
Klubning maosh uchun hisobotlarida futbolchilariga to'layotgan pullar ko'payib ketayotgani sababli boshqa biror futbolchiga haftasiga 500 ming funt maosh to'lamoqchi emas.
Fikrlar