03 fev 19:10
Yangiliklar
Ronaldu: "Kilianning o'rnida bo'lganimda, Krishtianudek o'ynagan bo'lardim"
"Hujumchi poziciyasi Mbappe uchun barchasini qiyinlashtirmoqda, sababi, menimcha, u bu rol qanday bajaralishini bilmayapti... Gap bu Kilianning qo'lidan kelmasligida emas, bu shunchaki uning poziciyasi emas.
Agarda men "Real"da bo'lganimda, unga "to'qqizlik" bo'lib harakat qilishni o'rgatgan bo'lardim. Sababi [boshida] men ham markaziy hujumchi bo'lmaganman. Men sekin-asta markaziy hujumda o'ynashga ko'nikib borganman. Hozir odamlar avvallari men qanot vakili sifatida to'p tepganimni esdan chiqarib qo'yishmoqda.
Kilian odatiy hujumchi bo'lishi kerak emas. Uning o'rnida bo'lganimda, hujumchi Krishtianu Ronalduning o'yinidan o'rnak olgan bo'lardim", – dedi portugaliyalik futbolchi Edu Agirrega intervyu vaqtida.
Fikrlar