04 apr 07:31
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu qaytishini dubl bilan nishonladi
Saudiya Arabistoni chempionatining 27-turi doirasidagi "Al Nassr" - "Al Najma" bahsi gollarga boy bo'ldi.
Unda mezbonlar 5:2 hisobida g'alabaga erishishdi va turnir jadvalida peshqadamlik mavqeini yaxshilab olishdi.
Qayd etish kerak, bir oydan ko'proq vaqt mobaynida jarohatini davolash bilan band bo'lgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytishini dubl bilan nishonladi.
U 56 va 73-daqiqalarda raqiblari darvozasini ishg'ol qilib, faoliyatidagi 966 va 967-gollarini urdi.
"Al Nassr" - "Al Najma" 5:2
Gollar: Abdulloh al-Hamdan (45+8), Sadio Mane (45+9, 90+5), Krishtianu Ronaldu 56-pen, 73) - Rakan al-Tulayhi (44), Felippe Kardoso (47).

Havola :
Fikrlar