07 noy 10:29
Yangiliklar
Futbol
Ronaldu Runining Messini undan yaxshiroq degan gapiga javob qaytardi
Krishtianu “Qizil iblislar”ning sobiq futbolchisi Ueyn Runining Lionel Messi undan yaxshiroq futbolchi ekanligini aytgan fikrlariga izoh berdi.
"Muammo yo'q. Jiddiy aytganda, hammasi joyida. Runi bilan yaxshi munosabatdamiz. Do'st bo'lmasligimiz mumkin, lekin biz har doim yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Agar Runini ko'rsam, uning qo'lini siqib qo'yaman. U "Manchester Yunayted" uchun juda ko'p ish qildi", - deya fikr bildirgan Ronaldu o'zining YouTube kanalida jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Ueyn Runi 2004 yildan 2009 yilgacha "Qizil iblislar" safida birga o'ynashgan.

Havola :
Fikrlar