24 avg 10:43
Yangiliklar
Futbol

Ronaldu ushbu natijaga erishgan tarixdagi ilk futbolchi
“Al-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida “Al-Ahli”ga qarshi o'yinda gol urdi.
40 yoshli forvard o'yinning 41-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. Bu gol futbolchining "Al Nassr" jamoasi uchun 113-o'yindagi 100-goli bo'ldi.
Portugaliyalik tarixda to'rt xil klubda kamida 100 ta gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi. Hujumchi "Al Nassr"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Real Madrid" va "Yuventus" jamoalarida ham 100 lik marrani zabt etgan.
Havola :
Fikrlar