14 avg 08:27
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Rossiya 2036 yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarini o'tkazish uchun ariza tayyorlamoqda
Rossiya 2036 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarini o'tkazish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, Rossiyaning bir qancha shaharlari o'z arizalarini topshirishgan.
Bu haqda bugun, 13 avgust kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ulug' Vatan urushi Sambek tepaliklari xalq harbiy-tarixiy muzey majmuasida 2020 yilgi Olimpiada g'oliblari va sovrindorlari bilan uchrashuvda malum qildi.
«Hozirda bir nechta shahardan arizalar tayyorlanmoqda, ulardan biri Sankt-Peterburg», - deya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so'zlarini keltiradi «R -Sport».
Lavrovning qayd etishicha, o'yinlarni o'tkazish to'g'risidagi qaror Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan emas, balki hukumatdagi tegishli organlar tomonidan qabul qilinadi. Avvalroq, Qozon 2036 yilgi Yozgi o'yinlarga mezbonlik qilish istagini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar