So’nggi yangiliklar

20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 19:10Дастин Порье қайси жанг учун октагонга қайтиши мумкинлигини айтди 0 18:4830 миллиондан ошиқ киши Мбаппе "Реал"ни тарк этиши кераклиги ҳақидаги петицияга имзо чекди 0 18:26Бакли Махачевнинг дивизиондаги ютуқларини шубҳа остига олди 0 18:02Илия Топурия: "Энди қўрқмайман!" 0 17:39Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа соф олтиндан ясалган камар учун жанг қилади 0 17:17МЮнинг кейинги мавсумдаги мураббийи ким бўлиши аниқми? 0 16:52Махачев энг қизиқарли рақибни эълон қилди 0 16:25"Олимпия шаҳарчаси"да велотрек бўйича "Tashkent Gran Prix" халқаро Гран приси старт олди 0 16:02Қозоғистонда ўтказилиши мумкин бўлган UFC турнири учун кард тузиб чиқилди, ундан уч нафар ўзбекистонлик ММАчиси жой олди 0 15:39"Реал" мураббийлар шорт-листида кутилмаган номзод пайдо бўлди 0 15:17Жангига уч кун қолганида Раҳматулло Бойматовнинг рақиби ўзгарди 0 14:52Ўзбек хоккейи ҳакамлик мактаби тарбияланувчиси АҚШдан расмий таклиф олди 0 14:25Холмурод Нурматов, Эдил Эсенгулов, Анвар Абдуллаев ва бошқа таниқли ММАчилар Тошкентда жанг қиладиган ACA 203 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди 0 14:01"Реал"нинг икки ўйинчиси машғулотда жанжаллашиб кетди 0

15 iyu 08:51
Yangiliklar

Tadbirlar

Rossiya DOSAAF tashkiloti vakillari Toshkentda mehmon bo'lishdi FOTOGALEREYA

Rossiya Federaciyasi DOSAAF tashkiloti vakillari 13-14 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Toshkentda bo'lishdi.

2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori talablarini to'liq va sifatli bajarilishini taminlash, shuningdek, chet ellik hamkorlar ko'magida ikki tomonlama va ko'p tomonlama kelishuvlar asosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini kuchaytirish, mamlakatda sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirishni tashkil etish maqsadida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Rossiya Federaciyasi armiya, aviaciya va flotga ko'maklashuvchi ko'ngilli jamiyati (DOSAAF) bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Ushbu hamkorlik samarasi o'laroq Rossiya Federaciyasi DOSAAF tashkiloti vakillari 13-14 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Toshkentda bo'lishdi.

Kecha “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi binosida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan Rossiya Federaciyasi armiya, aviaciya va flotga ko'maklashuvchi ko'ngilli jamiyati (DOSAAF) o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida Kelishuvni imzolash hamda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining MDH DOSAAF ittifoqiga azo bo'lishi yuzasidan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

 Tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi, general-mayor Rustam Niyozov hamda Rossiya Federaciyasi DOSAAF tashkiloti raisi, general-polkovnik Aleksandr Kolmakov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Takidlash joiz, ayni paytda MDH DOSAAF tashkilotiga Rossiya, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Tojikiston davlatlari azo bo'lgan. O'zbekiston esa nufuzli tashkilotning to'qqizinchi vakiliga aylanadi. Bugungi tadbir esa O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini tashkil etish yo'nalishi bo'yicha o'tkazildi.

Hozirda “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan karting, avtokross, avtoralli, avtomobil xalqa poygalari, avtomobil ko'pkurashi, motokross, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, o'q otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel sporti, qisqa va ultraqisqa telefon hamda telegraf orqali radioaloqa kabi texnik va amaliy sport turlari ommalashtirib kelinmoqda.

Tadbir yakunida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi hamda Rossiya Federaciyasi DOSAAF tashkiloti o'rtasida memorandum imzolandi. SHuningdek, “Vatanparvar” tashkilotining MDH DOSAAF ittifoqiga azo bo'lishi yuzasidan murojaati taqdim etildi. Murojaat joriy yilning dekabr oyida MDH DOSAAF ittifoqining navbatdagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Aleksandr Kolmakov – Rossiya Federaciyasi DOSAAF tashkilotining raisi, general-polkovnik:

- Keyingi paytda bir tendenciya yaqqol ko'zga tashlanyapti, sobiq Ittifoq respublikalari o'rtasidagi munosabatlar rivojlanmoqda. Men SHHT yoki MDHni nazarda tutmayapman. Rossiya va O'zbekiston o'rtasida barcha sohalarda ikki tomonlama keng ko'lamli hamkorlik aloqalari kuchaydi. Tarixiy DOSAAF tashkiloti urush yillarida front uchun etuk kadrlarni tayyorlab bergan. Urushdan keyingi yillarda juda katta hududlar DOSAAF mutaxassislari tomonidan minalardan tozalangan. So'ngra tashkilotimizda Xalq xo'jaligi sohalari uchun jami 347 xil kasb-hunarga tayyorlangan. Tashkilotimiz oldidagi birlamchi vazifa – Vatan mudofaasiga ko'maklashish. Mudofaaga tayyor bo'lish, Vatanni himoya qilish uchun faqat xohishning o'zi kamlik qiladi. Buning uchun muayyan ko'nikmalarga ega bo'lish lozim. Bugungi kunda dunyo miqyosida vaziyat etarlicha murakkab. Davlat chegaralari xavfsizligini taminlash, tashqi tahdidlarga qarshi harakatlana oladigan mudofaa tizimiga ega bo'lishi juda muhim. Har bir davlat o'z hududida salohiyatli, har qanday vaziyatda tayansa bo'ladigan zaxira kuchlariga ega bo'lishi kerak. O'tgan asrning 90-yillaridan so'ng avvalgi DOSAAF tarkibidagi sobiq respublikalar tashkilotlari o'z holicha, mustaqil faoliyat ko'rsata boshlagan bo'lsa-da, baribir maqsadlar mushtarakligi saqlanib qoldi. DOSAAF bugungi kunda nima beradi? Hozir sobiq Ittifoq respublikalaridan 9tasi hamkorlikni davom ettiryapti. Ish to'xtagani yo'q. Ikki tomonlama hamkorlikdan ko'p narsa kutyapmiz. CHunki ayrim yo'nalishlarda O'zbekiston ancha ilgarilab ketgan. Biz sizdan, siz esa bizdan o'rganadigan jihatlar bisyor.

Tadbir doirasida faxriy mehmonlarning Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylar va muzeylarga sayohati ham tashkil etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing