28 apr 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiya o'zbekistonlik Maskaev hamda Mayk Tayson o'rtasida jang o'tkazishga tayyor
Xabar berganimizdek, boks afsonasi Mayk Tayson faoliyatini qayta tiklash istagida ekanini malum qilgandi.
Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni, sobiq o'zbekistonlik boks Oleg Maskaev hamda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson o'rtasidagi jangni tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Hozirda Maskaev 51, Temir Mayk esa 53 yoshda. Maskaev va Tayson o'rtasidagi jang aslida 2003 yili o'tkazilishi kerak edi. Ammo, o'shanda ayrim sabablarga ko'ra ushbu jang bekor bo'lgandi.
"Men bajonidil bu jangni Moskvada o'tkazishga tayyorman. Mayk xayriya ishlari uchun yana ikkita jang o'tkazmoqchi. SHu maqsadda u ringga qaytmoqda. Bizning maqsadimiz ham shu. Ushbu jangdan tushadigan pulni bolalar uchun sarflardik", - dedi Kremlyov.
Havola :
Fikrlar