13 jan 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyadagi UFC turnirida Xabib Nurmagomedov MakGregor bilan jang qilishi mumkin
Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov Rossiyada bo'lib o'tadigan UFC Turniri haqida gapirib o'tdi.
"Fikrimcha, jang oqshomining asosiy to'qnashuvi MakGregor va Xabib o'rtasida bo'ladi. Avvaliga Xabib aprel oyida Fergyuson bilan jang qiladi. Sentyabrda esa Xabibning Konorga qarshi jangi tashkil qilinadi. Xabib Rossiyada jang qilishni istaydi. Birinchidan, men uning oldida bo'la olaman. Ikkinchidan esa jang muxlislar ko'z o'ngida bo'ladi. Jangni Rossiyada o'tkazish uchun xar qanday shartlarga rozimiz, tekinga ham", - dedi Abdulmannop Nurmagomedov.
Havola :
Manba : sportbox.ru
Fikrlar