14 iyu 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik bokschi AQSH fuqarosiga aylanmoqchimi?
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov yaqin vaqtlar ichida AQSH fuqaroligini qabul qilmoqchi.
Bu haqida promouter Andrey SHkakilov aytib o'tdi.
"Kovalyov AQSHda juda mashhur. Hattoki, Uorddan ham mashhurroq. Sergey amerikalikka aylanishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu masala yaqin kunlar ichida hal bo'ladi. Men Kovalyovning o'zi bilan ham, murabbiyi bilan ham gaplashdim. Unga Rossiya yoqadi, ingliz tilini to'liq o'rganmagan. Biroq, u erda uy sotib olgan, AQSH g'aznasiga soliq to'lamoqda", - deydi u.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov 17 iyun kuni Las-Vegasda Andre Uortga qarshi jangga chiqadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar