07 okt 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik bokschi fikridan qaytdi, endi Fazliddinning raqibi o'zgaradi
Avval xabar berganimizdek, professional bokschimiz Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov 9 dekabr kuni faoliyatidagi to'rtinchi jangini o'tkazadi.
Rejaga ko'ra, u shu kuni rossiyalik Andrey Klimovga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin kutilmaganda 35 yoshli Klimov hamda uning jamoasi o'z rejasini o'zgartirdi va Fazliddin bilan jang qilmasligini malum qildi.
Qizig'i, rossiyalik
bokschi oxirgi 3 ta jangida ketma-ket mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Aftidan,
Klimov to'rtinchi mag'lubiyatni oldini shu tariqa olgan ko'rinadi. Tez orada Top
Rank kompaniyasi G'oibnazarovga yangi raqib topadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar