11 dek 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik bokschilar Olimpiadaga bayroqsiz borishni istamayaptilar
Rossiyalik bokschilar agar mamlakat bayrog'i ko'tarilmaydigan bo'lsa, Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmoqchi emaslar.
Bu haqida Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov aytdi.
"Yigitlar bayroq ostida jang qilish uchun sud orqali harakat qilish lozimligini so'rashmoqda. Biz Rossiya MOQ va RUSADA tomonidan qilinadigan qarorni kutamiz, ammo biz vaziyatni hal qilish yo'lini tahlil qilamiz.
Biz uchun asosiysi bokschilarimiz Rossiya bayrog'i bilan ringga chiqishsin va madhiyamiz yangrasin. Bularsiz ishtirok etishdan maqsad yo'q", - dedi Umar Kremlyov.
Havola :
Manba : Р-Спорт
Fikrlar