28 iyu 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Roy Jons: Tayson - qotil!
To'rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons afsonaviy Mayk Taysonga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Maykning mashg'ulotlarini ko'rgan odam, uni qotilga o'xshatishi aniq. Lekin men ham yaxshi sport formasidaman. Jangimizni intizorlik bilan kutayapman. To'qnashuvning boshidanoq ochiq jangga kirishmayman, sababi men ahmoq emasman. U hali ham kuchga to'la sher! Agar Tayson meni ilk daqiqalarda nokaut qila olmasa, uning ahvoli ancha og'irlashadi”, - dedi Roy.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar