09 sen 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18780_220.jpg)
Ro'ziboev - MMAning VEF yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni!
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida WEF GLOBAL turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy janglaridan biri o'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev ishtirokida o'tdi. Hamyurtimiz 84 kg vazn toifasida qirg'izistonlik Almanbet Nuralievga qarshi jang o'tkazdi.
Ushbu bahsda vakilimiz mezbon sportchini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan Nursulton Ro'ziboev MMAning VEF yo'nalishi bo'yicha jahon chempionligi kamarini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, WEF
GLOBAL turniri doirasida mashhur MMA jangchimiz 93 kg vazndagi Murod Xonto'raev mezbon
sportchi Aslanbek Xasikovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar