So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

13 jan 08:07
Yangiliklar

Tadbirlar

ROZKda Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar muhokama qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlis hamda xalqqa Murojaatnomasida jismoniy tarbiya va sportga ham alohida etibor qaratildi.

Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida o'tkazilgan yig'ilishda Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash, qolaversa 2021 yil 7 yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo'lib o'tgan Hayat yig'ilishida soha xodimlari oldiga qo'yilgan ustuvor masalalar, bu borada kollej jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Yig'ilishga Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji direktori v.v.b. Farrux Mirboboev raislik qildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Zokir Rasulov ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, 2021 yil yurtimizda “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb elon qilindi. Sportni yoshlardan, yosh avlodni esa sportdan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi. SHu manoda boshlangan yilimizda jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari oldiga ham katta vazifalar qo'yiladi.

Xususan, 2021 yilda aholi orasida ommaviy sport turlarini targ'ib qilish uchun davlat byudjetidan 100 milliard so'mdan oshiq mablag' ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish esa aholi salomatligini mustahkamlashda muhim omildir.

Kelgusi yilda 70ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingta bog'cha va maktablarni sport jihozlari bilan taminlashga ham 100 milliard so'm ajratiladi. SHuningdek, barcha tuman markazlari va shaharlarda maxsus piyodalar va velosiped yo'laklari, yani “Salomatlik yo'laklari” barpo etiladi. Qolaversa, aholini ommaviy sportga keng jalb etish orqali 2021 yilda qamrovni hozirgi 19 foizdan 25 foizga etkazilishi belgilangan.

Sport sohasi haqida gap ketganda, yana bir muhim vazifa oldimizda turganini takidlash joiz. Bu Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkaziladigan Olimpiya va paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish. Buning uchun O'zbekiston hukumati, shu jumladan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan sport federaciyalari va sportchilarga bo'lg'usi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani alohida takidlandi.

SHuningdek, yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash, shuningdek, mamlakatda manaviy-marifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga so'zsiz rioya etilishiga erishish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori, 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonlari ijrosini so'zsiz taminlash borasida ham taklif va tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing