31 dek 20:34
Yangiliklar
ROZTMda Sog'lom hayot uchun 5000 ming qadam shiori ostida marafon o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida mamlakatimiz bo'ylab sport musobaqalari va ommaviy marafonlar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida «Sog'lom hayot uchun 5000 ming qadam» shiori ostida ertalabki badantarbiya va yurish marafoni bo'lib o'tdi. Dastlab, barcha qatnashchilar badantarbiya mashqlarini bajarishdi. SHundan so'ng, piyoda yurish marafonida belgilangan masofani bosib o'tishdi.
Mazkur marafonda sport maktabi xodimlari bilan bir qatorda Mirzo Ulug'bek tumanidagi «Bog'imaydon» hamda «Habib Abdullaev» MFY istiqomat qiluvchi aholi vakillari ham ishtirok etishdi.
Fikrlar