22 dek 12:44
Yangiliklar
Futbol
Ruben Amorim MYUdan umumiy 200 mln evro turadigan uch futbolchini xarid qilishni so'radi
"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim 2025 yilda jamoasida ko'rishni xohlayotgan uch futbolchini tanladi.
Bu haqda jurnalist Dani Serrano xabar bermoqda. Portugaliyalik o'z jamoasida "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynayotgan "Napoli" forvardi Viktor Osimxen, "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo, shuningdek "Sautgempton" vingeri Tayler Diblingni ko'rmoqchi.
Uch o'yinchining bitimi "Manchester Yunayted"ga 200 million evroga tushadi. Qayd etilishicha, Amorim Osimxenni shu qishki transfer oynasidayoq xohlamoqda. Transfer jarayonda. Nigeriyalikni xarid qilish narxi 75 mln evroni tashkil etadi.
Havola :
Fikrlar