17 okt 09:08
Yangiliklar
Rublyov faoliyatidagi 12-sovriniga Xixonda ega chiqdi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 9-raketkasi hisoblangan Andrey Rublyov ATP reytingida 47-o'rinni egallab turgan AQSH vakili Sebastyan Kordani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Tennischilar kortda 77 daqiqa davomida harakat qilishgan. O'zaro uchrashuvlarda Andrey hisobni mustahkamladi - 2:0. Rublyov 3, Korda 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'yishmadi.
Bu Rublyovning mavsumdagi to'rtinchi, faoliyatidagi o'n ikkinchi sovrin bo'ldi. Rossiyalik bir haftalik mehnatidan 250 reyting ochkosi hamda 93,090 evro mukofot puli ishlab oldi. Korda esa 150 ball va 54,300 evroga ega bo'ldi.
Yana bir statistik malumot, Andrey Rublyov bu yilgi mavsumda 4 ta bosh sovrinni qo'lga kiritgan to'rtinchi tennischiga aylandi. Rafael Nadal va Novak Jokovich bu mavsum 4 tadan, dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaraz esa 5 ta sovringa ega chiqqan.
Fikrlar