02 noy 13:04
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Parij "Masters"dagi yurishini boshladi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha mavsumning so'nggi "Masters" turniri o'tkazilyapti.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 47-pog'onada borayotgan amerikalik Jon Isnerni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Etiborlisi, Rublyov o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Isnerdan ustun keldi - 1:3. Oltmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 4, Isner 11 ta eys zarbani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar