17 okt 14:08
Yangiliklar

Rufat Risqiev hayotiga bag'ishlangan ko'rsatuv xalqaro festivalda namoyish etiladi
Mazkur festivalga o'zbekistonlik istedodli teleijodkorlardan biri Zilola Temirova muallifligidagi "Professional" ko'rsatuvi ham nominant sifatida taklif kilingan.
Ko'rsatuvda o'zbek boksini dunyoga tanitgan insonlardan biri Rufat Risqievning boks olamiga kirib kelishi va unga bag'ishlagan umr yo'li haqida hikoya qilinadi. Jumladan, filmda jahon chempionligi yo'lidagi og'ir mashaqqatlari, Monreal Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgani va faoliyatidagi ko'plab qiziqarli va o'ziga xos ahamiyat kasb etuvchi voqealar haqida so'z yuritilgan.
Malumot uchun, Rufat Risqiev 12 yoshidan boks bilan shug'ullana boshlagan. O'z ustida tinmay ishlashi natijasida 1974 yilda jahon chempioni va 1976 yilda Monreal Olimpiadasining kumush medali sovrindori bo'lgan.
Sport karerasining oxirida esa Rufat aka "Zangori qo'ng'iroqqa ..." filmida bosh rolni ijro etgan. U filmdagi roli bilan o'z hayotini – o'zbek mahallasida tug'ilib o'sgan bolakay qay tariqa jahon chempioniga aylanganini ochib bergan.
Fikrlar