14 avg 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ruis ko'proq pul istamoqda, ammo u shartnomaga qo'l qo'yib bo'lgan"
Promouter Eddi Xirnning Ruis hamda Joshua o'rtasidagi revansh haqida fikrini bildirdi.
"Ruis katta pul olishni istamoqda. Ammo, afsuski u shartnomaga qo'l qo'yib bo'lgan. O'ylaymanki, u revansh Britaniyada emas, Saudiyada o'tayotganidan xursand. Bu borada unda xavotir bor edi.
Odamlarda biz faqat g'alaba qozonish uchun Britaniyaga bokschilarni olib boramiz degan tasavvur bo'lib qolishini istamaymiz. Endi bahs neytral hududda bo'ladi. 7 dekabr kungi tadbir boks yuzini o'zgartirib yuboradi deb o'ylayman", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar