21 avg 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

“Ruisning ahvoli yaxshi emas, u hali Joshauga qarshi jangga tayyorgarlikni boshlamadi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBO, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Endi Ruisning ahvoli yaxshi emas bu haqida uning murabbiyi Menni Robles xabar bermoqda.
“Uning hozirgi jismoniy holati yaxshi emas, u hozircha uyidagi sportzalida mashg'ulot olib bormoqda. Biz shu haftadan to'liq kuch bilan tayyorlanishni boshlaymiz. To'rt oy vaqtimiz bor, shu davr oraligida Ruisning ahvoli har tomonlama yaxshi bo'ladi degan umiddaman”,-dedi Robles.
Eslatib o'tamiz, Ruis hamda Joshua o'rtasidagi revansh jangi 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi lozim.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar