20 may 18:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruslan CHagaev: "MakGregor? Uni O'zbekiston chempionlari ham nokautga uchrata oladilar"
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni hisoblangan bokschimiz Ruslan CHagaev Meyvezer-MakGregor jangi haqida gapirib o'tdi.
CHagaevning aytishicha, boks qoidalari asosida bo'lib o'tadigan ushbu jangda Floyd Meyvezerning imkoniyati yuqori.
"Ushbu jangda Konor MakGregorning imkoniyati deyarli yo'q. CHunki,u aralash qoidalar jangchisi. U erdagi sportchilar asosan sobiq kurashchilar bo'ladi. Agar rosmana jang bo'ladigan bo'lsa Meyvezer birinchi raunddayoq Konorni nokautga uchratadi. Ammo, agar tashkilotchilar shou tashkil qilishni rejalashtirgan bo'lsalar, tomosha cho'zilishi mumkin.
Umuman, olganda boks qoidasi asosida o'tadigan jangda MakGregorni O'zbekiston chempioni bo'lgan bokschilar ham nokautga uchrata oladilar", - deydi Ruslan CHagaev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar