14 okt 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan CHagaevning jamoadoshi, jahon chempioni Fotima “Amazonka” Andijonda mashg'ulot o'tkazyapti
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan CHagaevning jamoadoshi Fotima “Amazonka” Dudieva shu kunlarda Andijonda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
“Fotimaga ona shahrim Andijonda mashg'ulot o'tkazishni tavsiya qildim. U ayni paytda navbatdagi jangiga O'zbekistonda tayyorgarlik ko'ryapti. Fotimaga mashg'ulotda yordam berayotgani uchun do'stim O'tkirbek Haydarovga minnatdorlik izhor qilaman”, - deydi Ruslan CHagaev.
Malumot uchun, Fotima Dudieva boksga qadar MMA janglarida ishtirok etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar