13 okt 08:30
Yangiliklar
Futbol

Rustam Ashurmatov: "Urugvayda qanday tarkib bo'lishi bizni qiziqtirmaydi"
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan saytimizga intervyu berdi.
"Aslida oson o'yinning o'zi yo'q. JCHga tayyorgarligimiz hozirdan boshlangan. Urugvayga qarshi yangi murabbiy bilan qanday o'yin bo'lishi o'zimizga ham qiziq. Maydonda maksimum harakat qilamiz.
Ularda qanday tarkib bo'lishini bizga qizig'i yo'q, biz to'liq tayyorgarlik bilan maydonga chiqamiz. O'z o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz", — dedi Rustam Ashurmatov.
Havola :
Fikrlar