19 apr 10:33
Yangiliklar
Futbol
Rustam Lutfullin Krishtianu Ronaldu jamoasi ishtirokidagi o'yinda hakamlik qiladi
Osiyo CHempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichidan o'rin olgan “Al Vasl” (BAA) - “Al Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Ushbu bahsda o'zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar sifatida Akmal G'iyosov va Sanjar SHoyusupov ishlaydi. VAR hakami — Ahrol Risqullaev.
Eslatib o'tamiz, O'zFHM Lutfullinni "Qo'qon-1912" va "Nasaf" uchrashuvida qo'pol xatoga yo'l qo'yganini elon qilgandi.

Havola :
Fikrlar