So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 dek 12:39
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: “Birgalikda yangi tarix yaratamiz”

Kuni kecha “Andijon” bosh murabbiyiga aylangan tajribali mutaxassis Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga o'zining dastlabki fikrlarini bildirdi.

“Andijon viloyati hokimi hurmatli SHuhrat Qo'shoqboevich va klub rahbarlarining taklifini qabul qildim. “Andijon”da hammamiz birgalikda yangi tarix yaratishni maqsad qildik. “Navbahor” va “Paxtakor”dagi faoliyatim katta tarix edi. Ikkala klub maksimal darajada natijaga erishdi. Bugungi kunda men barcha potencial va real imkoniyatlarimni “Andijon”da ko'rsatmoqchiman.

Andijon xalqi, muxlislari, ayniqsa, taniqli bo'lgan fan-klubi O'zbekistonda eng yaxshisi. Ular sevimli jamoasini o'zbek futbolining lideri bo'lishini xohlashadi va bunga munosib. SHu sababli men shu erdaman.

Ko'p ishlashimizga to'g'ri keladi, faqat maydonda emas, balki maydon tashqarisida ham. Biz g'alabali ananani yo'lga qo'yishimiz kerak. SHuningdek, viloyat hokimi klub infrastrukturasini ham yaxshilashimizni so'radi. Yoshlarni tarbiyalash va selekciya ishlarini olib boramiz. 24\7 rejimida qatiy ishlashimiz lozim.

Butun faoliyatim davomida ishlagan klublarimda eng yahshi natijalarga erishganman. Endilikda barchamiz to'plagan tajribam bilan hamoxang ravishda samarali ish olib borishimiz darkor. Buning natijasida hammamiz birlashib Andijonda katta muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.

Klub Superligada qolish masalasini hal qildi. Albatta, ishlarni selekciyadan boshlayapmiz. Birinchi navbatda o'yinchilarni tanlab olish masalasida hammasini ko'rib chiqamiz. Qaysi futbolchilar jamoani kuchaytirib, natija ko'rsata oladi? SHularni tahlil qilamiz.

Oldimizda 24 dekabr kuni Qatarda Osiyo CHempionlar ligasi doirasidagi muhim o'yinimiz bor. Bu uchrashuvgacha vaqt bor. Yigitlarga dam berdik. Tez orada bo'lajak o'yin uchun tayyorgarlikni boshlaymiz”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing