25 sen 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov 8 oktyabr kuni Las-Vegasda ringga ko'tariladi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov o'zining navbatdagi jangini yana AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazadi.
Bu haqida bokschimizning o'zi saytimizga bergan blic intervyusida malum qildi.
“Rejaga ko'ra, ettinchi jangimni 8 oktyabr kuni o'tkazaman. Hozircha raqibimning kim bo'lishi nomalum. Jamoamiz promouterlari bir necha nafar bokschilar bilan muzokara olib borishyapti.
SHunisi aniqki, jang Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Bundan avvalgi jangimni Meyvezerning o'zi arenada kuzatib bordi va jangdan so'ng meni g'alaba bilan shaxsan tabrikladi”, - dedi Rahmonov.
Malumot uchun, Sanjar Rahmonov so'nggi jangida amerikalik Markius Xoutornni mag'lubiyatga uchratgan edi. Uning hisobida 6ta jang bor. G'alabalar soni 5ta, bitta jangda durang natija qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar