25 fev 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov bugun navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu boks oqshomi AQSHning Kaliforniya shtati Temekula shahridagi Pechanga Resort & Casino arenasida bo'lib o'tdi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jangda hamyurtimiz raqibi Xose Marrufoni ochkolar hisobiga ko'ra engdi.
Malumot uchun, Marrufo 10ta g'alaba, 6ta mag'lubiyat va 2ta durangga ega edi. Rahmonov esa bugun faoliyatidagi sakkizinchi jangini o'tkazib, ettinchi g'alabasiga erishdi. Uning hisobida bitta durang bor. Uchta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan.
Aslida Sanjar bugun Endryu Tabitiga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Lekin Endryu o'z rejalariga o'zgartirish kiritgani sabab raqib o'zgartirilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar