28 jan 08:47
Yangiliklar
![](/upload/storage/27633_220.jpg)
Sanjar Rahmonov faoliyatidagi 11-jangini o'tkazdi
Dunyo boks markazi hisoblangan Las-Vegas shahrida o'tgan ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Xaylon Uilyams raqiblik qildi. Rahmonov jangda raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratib, prof boksdagi 10-g'alabasini tantana qildi.
Malumot uchun, afsonaviy Floyd Meyvezer klubi nomidan janglarda ishtirok etib kelayotgan Sanjar Rahmonov professional boksdagi faoliyati davomida 11ta jang o'tkazgan bo'lib, shularning 10tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan.
AQSHlik bokschi esa bugungi kungacha 22ta jangda ringga
chiqqan. SHulardan 16tasida Uilyamsning qo'li baland kelgan. Bugungisi bilan
hisoblaganda besh marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Yana bir jangi durang
bilan tugagan.
Fikrlar