24 jan 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27321_220.jpg)
Sanjar Rahmonov jangiga chiqarilgan chiptalar 25 dollardan sotilyapti
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov 27 yanvar kuni navbatdagi jangini o'tkazadi.
Bo'lajak jangda charm qo'lqop ustamizga amerikalik Xaylon Uilyams raqiblik qiladi. Jang 27 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida o'tkaziladi. Ushbu boks kechasi uchun chiqarilgan chiptalar 25 dollardan sotilyapti.
Malumot uchun, Sanjar Rahmonov professional faoliyati davomida 10ta jang o'tkazib, ularning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda durang qayd etilgan.
Amerikalik bokschi esa 21ta jangda ringga chiqqan.
SHulardan 16tasida Uilyamsning qo'li baland kelgan. To'rtta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Yana bitta jangda durang natijani rasmiylashtirgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar