29 jan 09:07
Yangiliklar
![](/upload/storage/27677_220.jpg)
Sanjar Rahmonov kechagi jangida ilk chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
Prof ringda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz dunyo boks markazi hisoblangan Las-Vegas shahrida amerikalik Xaylon Uilyamsni muddatidan avval ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Bu bilan u faoliyatidagi 10-g'alabasiga erishdi.
Etiborlisi, Sanjar Rahmonov kechagi g'alabasi evaziga o'zining birinchi – NABF chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
“Xalqimni, yaqinlarimni va men uchun duoda bo'lgan barcha insonlarni, jamoamni yangi g'alabamiz bilan tabriklayman. NABF chempionlik kamari professional faoliyatimdagi ilk sovrin va u eng so'nggisi bo'lib qolmaydi”, - dedi Rahmonov.
Malumot uchun, afsonaviy Floyd Meyvezer klubi nomidan
janglarda ishtirok etib kelayotgan Sanjar Rahmonov professional boksdagi faoliyati
davomida 11ta jang o'tkazgan bo'lib, shularning 10tasida g'alaba qozongan. Bitta
jangda esa durang natija qayd etilgan.
Fikrlar