22 okt 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21249_220.jpg)
Sanjar Rahmonov Las-Vegasda 10-jangini o'tkazdi
AQSHda afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov bugun o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Rahmonov bizning vaqt bilan tongda Nevada shtati Las-Vegas shahridagi Sam's Town Hotel & Gambling Hall arenasida bo'lib o'tgan boks oqshomida amerikalik Jon Delperdangga qarshi ringga ko'tarildi.
Reytingda raqibidan yuqorida turgan Sanjar jangda g'alabaga erishdi. Bu Rahmonovning prof ringdagi to'qqizinchi g'alabasi bo'ldi. Bokschimiz faqat bir marotaba durang natija qayd etgan.
Delpardang esa professional boksda bugun 14-jangini o'tkazdi. SHu kungacha u 10 ta jangda zafar quchgan edi. Raqiblarini 9 ta jangda nokautga uchratgandi. Bugun Jon to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar