09 okt 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonov Las-Vegasda navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonov bugun tong saharda o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimiz Jonatan Dinongga qarshi ringga ko'tarildi. Uning raqibi Jonatan Dinong asli kelib chiqishi gavailik bo'lib, bir necha yildan beri AQSH nomidan jang qilib kelmoqda.
Bugungi jangda tashabbusga ega bo'lgan Rahmonov raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu uning ettinchi jangidagi oltinchi g'alabasi bo'ldi. Uchta jangda raqiblarini muddatidan avval enggan. Faqat bir marotaba durang qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Rahmonov bundan avvalgi jangini 17 sentyabr kuni amerikalik Markius Xoutornga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar