23 avg 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Rahmonov nokaut evaziga sakkizinchi g'alabasini nishonladi
Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan bokschimiz Sanjar Rahmonov bugun tongda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Hamyurtimiz AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida faoliyatidagi to'qqizinchi jangida ringga ko'tarildi. Uning raqibi amerikalik Noe Lopes bo'ldi. Rahmonov jangda raqibini nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Rahmonov shu kungacha 9 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 8 tasida g'alabaga erishgan. To'rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Hisobida bitta durang bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar