05 sen 15:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/18604_220.jpg)
Sanjar Rahmonovni tabriklaymiz!
Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan bokschimiz bugun o'zining 28 yoshini nishonlayapti. Bugungi kunda Rahmonov AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boksdagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Sanjar shu kungacha profi ringda 9ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 8tasida g'alaba qozongan. Bitta jang durang natija bilan yakunlangan. U 22 avgust kuni amerikalik Noe Lopesga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Aynan mana shu jang hozircha Rahmonovning faoliyatidagi so'nggisi bo'lib turibdi. Biz bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan bokschimizni tabriklab, unga mashhur chempionlarning yo'lini bersin, deb niyat qilamiz.
BIZNING MA'LUMOT:
Sanjar Rahmonov – 1989 yil Andijon shahrida tug'ilgan. Boks bilan 11 yoshidan shug'ullanadi. Birinchi murabbiyi – Ziyovuddin Tayg'onboev.
64 kgda ringa chiqadi. Bo'yi 171 sm.
Havaskor boksda:
Osiyo chempioni (Xitoy, 2009 yil)
Osiyo o'yinlarining bronza medali sohibi (Guanchjou, 2010 yil)
O'zbekiston chempioni (2013 yil)
Uch karra jahon chempionati ishtirokchisi (Milan 2009 yil, Boku 2011 yil, Olma-Ota 2013 yil). Ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi.
Oilada uchta farzand. Sardor, Sanjar, Rayyona.
Dadasi Abdushukur Rahmonov – tadbirkor
Onasi Umidaxon Rahmonova – o'qituvchi
Fikrlar