26 avg 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Rahmonovning navbatdagi jang sanasi va manzili malum bo'ldi
Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi azosi bo'lgan Sanjar Rahmonovning professional ringdagi navbatdagi jang sanasi malum qilindi.
CHarm qo'lqop ustamiz prof ringdagi hisob bo'yicha 15-jangini 20 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazadigan bo'ldi. Hozircha raqib malum emas.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz prof boksdagi 14 ta jangidan 11 tasida (5 ta nokaut) g'alaba qozongan. Ikki bor mag'lubiyatga uchragan va bitta jangni durang bilan yakunlagan. Rahmonov hozircha oxirgisi bo'lib turgan sakkiz raundlik jangida amerikalik Keyt Xanterga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar