06 fev 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonovning qachon jang o'tkazishi malum bo'ldi
Afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblangan hamyurtimiz Sanjar Rahmonovning navbatdagi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra hamyurtimizning bu safargi jangi 24 fevral kuni Kaliforniyada bo'lib o'tadi. Hozircha Rahmonovning raqibi malum emas.
Aslida Sanjar 24 fevral kuni Endryu Tabitiga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Lekin Endryu o'z rejalariga o'zgartirish kiritdi. SHu kunlarda bokschimizning raqibiga oydinlik kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Rahmonov bundan avvalgi jangini Las-Vegas shahrida o'tkazib, unda asli kelib chiqishi gavayilik bo'lgan Jonatan Dinongni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bu Sanjarning ettinchi jangidagi oltinchi g'alabasi bo'lgandi. U 3ta jangda raqiblarini muddatidan avval enggan. Faqat bir marotaba durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar