03 apr 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjar Tursunov va Ivan Yuxta jangi to'liq davom etdi
Toshkent shahrida professional boks oqshomi davom etmoqda.
Kecha doirasida og'ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga ukrainalik Ivan Yuxta raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Sanjar professional boksdagi beshinchi jangida ringga ko'tarilib, barchasida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, birozdan so'ng Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs taxminan 22:15 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar