31 jan 13:13
Yangiliklar
Bolalar sporti
Sardobada ommaviy sport tadbirlari
Ayni paytda butun Respublikamiz bo'ylab “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida ommaviy sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda.
Sirdaryo viloyatida ham ushbu tadbirlarning ko'tarinki ruhda o'tayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Sardoba tumanining chekka hududlarida sport kurashlari, basketbol, stol tennisi, tosh ko'tarish kabi sport turlarida yuqori natijalarga erishgan tajribali sportchilar o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Ushbu mahorat saboqlarida 100 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etishdi. Tadbirlarni, shuningdek, viloyat va tuman hokimligi vakillari, viloyat sport boshqarmasi, MOQ mutasaddilari ham kuzatib borishdi. Bugun viloyat markazida mini-futbol bo'yicha “Sportni sev, sport bilan yasha!” musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar