So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

13 noy 13:49
Yangiliklar

Futbol

Sardor Rashidov: "Afifni to'xtatish uchun 50 foiz kuch ishlatilsa kifoya, biz barcha poziciyada Qatardan kuchlimiz"

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Vakillarimiz bu turda Dohada Qatar mehmoni bo'ladi. Ayni vaqtda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazayotgan terma jamoa azolariga omad tilab qolamiz. Biz esa mazkur bahs oldidan taniqli futbolchi Sardor Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik.  

- Ertaga bo'lib o'tadigan Qatar O'zbekiston uchrashuvidan qanday o'yin kutyapsiz? Umuman terma jamoamizning bugungi kuni, saralashdagi o'yinlari qanday taassurot qoldirmoqda?

- Ertangi o'yindan faqat g'alaba kutmoqdamiz va bunga majburmiz. Boshqa natija kutish bizni Jahon chempionatidan mahrum qilishi mumkin. Xuddi avvalgi saralashlardagi kabi imkoniyatlarimiz juda yuqori. Biz Qatardan barcha nuqtalarda kuchlimiz va buni maydonda ko'rsatishimiz shart. 

- Bu o'yin Osiyo kubogidagi o'yindan farq qilishi mumkin. Bizda bu safar ustunlik nimada?

- Osiyo kubogidan so'ng oradan 8 oy o'tdi. Terma jamoamiz bu vaqt ichida o'sishga erishdi. Buni inobatga olgan holda Qatarni taslim qilishimiz kerak. Terma jamoamizda hamma narsa joyida. 

- Qatarni oldin xotirjam yutib yurganmiz. Bu terma jamoa nimaning evaziga kuchaydi? Ertaga bizga ko'proq nima kerak bo'ladi? 

- Ular xorijlik va mahalliy futbolchilar evaziga ancha o'sdi. SHunga Osiyo kubogida bizga qiyin bo'lgandi. Ochig'ini aytganda o'sha turnirda yomon ko'rsatmagandik, o'yin tomonlama eng yaxshisi edik. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmaganimiz pand bergandi. 

- Hujumkor poziciyangizdan kelib chiqib ertangi o'yinda oldindagi futbolchilarimizning imkoniyatlariga qanday qaraysiz? Tabiiyki, raqibning asosiy quroli ham hujum Akram Afif, Almoez Ali va hokazo...

- Akram Afif hozir yaxshi formada. Lekin uni to'xtatish bizning himoyachilarga qiyin emas. Husanov, Aliqulov uni zararsizlantirishga 50 foiz kuchini sarflasa kifoya. Hujumdagi futbolchilarimizga ko'proq uzoqdan zarbalar berishini takidlagan bo'lardim. Qatar darvozabonlari uzoqdan zarbalarda ko'p xatolarga yo'l qo'yishadi. Buni ichki chempionatda ham ko'rish mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing