08 noy 15:55
Yangiliklar
Futbol
Sardorlik bog'ichi nega Ronalduga topshirildi?
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "Aston Villa"ga qarshi bahsda jamoa sardori sifatida harakatlandi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag Angliya Premer-ligasi 15-turida "Aston Villa" bilan o'yinda (1:3) hujumchi Ronalduning sardor bo'lganiga izoh berib o'tdi:
"Sardorimiz Harri Maguayr zaxira o'rindig'ida edi. Undan keyin bog'ich David De Xeaga tegishi kerak edi. U jamoa etakchilaridan biri hisoblansa-da, asosiy o'yinchilardan ancha uzoqda turgani uchun bunday bo'lmadi. Undan keyin sardorlik bog'ichi Kazemiroga nasib etishi kerak edi. Biroq u ingliz tilini yaxshi bilmagani bois Krishtianu sardor bo'ldi".
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar"ning ikkinchi sardori Brunu Fernandesh diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yubordi.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar