03 noy 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares 81 yillik rekordni yangiladi
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa aval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlangan edi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan meksikalik Saul “Kanelo” Alvares yarim og'ir vaznda WVO chempioni rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tarilgan va 11-raundda raqibini nokautga uchratgandi.
Etiborga molik jihati shundaki, Saul Alvares bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda uchta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. Bu bilan u boks tarixida shunday natijaga erishgan ikkinchi jahon chempioni bo'ldi.
Malumot uchun, 1938 yilda Genri Armstrong bir vaqtning o'zida uchta vazn toifasi jahon chempionlik kamarlariga egalik qilgan. Alvares bu borada ikkinchi bo'ldi.
Havola :
Fikrlar