08 iyu 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares: “Bajonidil Meyvezer bilan yana jang o'tkazardim”
Meksikalik Saul “Kanelo” Alvares amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan yana bir bor ringda to'qnash kelish istagida ekanligini malum qildi.
Alvares 2013 yilda hakamlarning qaroriga ko'ra aynan Meyvezerdan faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini qabul qilib olgan edi.
“Agar imkoniyat yuzaga kelsa, Meyvezerga qarshi yana jang o'tkazardim. Bajonidil revansh jangiga rozilik beraman. Ishontirib aytamanki, bu safar umuman boshqacha bo'ladi”, - dedi Saul.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar