30 jan 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares: “Bu safar Golovkinga hakamlar yordam bera olmaydi”
Meksikalik bokschi Saul Kanelo Alvares qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi o'tkaziladigan revansh jangi xususida o'z fikrini bildirdi.
Bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning sentyabr oyida o'tkazilgan va unda durang natija qayd etilgandi. Alvaresning aytishicha, o'rta vaznda WBC, WBA hamda IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Golovkinga revansh jangida hakamlar ham yordam bera olmaydi.
“Boks tarixidagi muhim janglarning birida yana bir bor ishtirok etishimdan xursandman. Lekin bu safar hammasi boshqacha bo'ladi. Endi Golovkinga hakamlar ham yordam bera olmaydi. CHunki, men uni nokautga uchrataman”, – dedi Kanelo.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi jang 5 may kuni bo'lib o'tadi. Hozircha jangning o'tkazilish manziliga oydinlik kiritilmagan.
Havola :
Fikrlar