23 apr 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares faoliyatini yakunlashi va keyin nima bilan shug'ullanishi haqida gapirdi
To'rtta vazn toifasida jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares Boxing Scene nashriga intervyu berdi.
Meksikalik jahon chempioni faoliyatini qachon yakunlashi va undan keyin nimalar bilash mashg'ul bo'lishi haqidagi savollarga javob qaytardi.
"Ochig'ini aytaman, hali mashg'ulotlarga bo'lgan munosabatim o'zgarmadi. Hozir ham xuddi boksga birinchi kirib kelgan vaqtimda bo'lgani kabi ishtiyoq bilan mashg'ulot o'tkazyapman. Boks - mening hayotim! Men aynan shuning uchun ham boks zalidaman.
Faoliyatimni yakunlash uchun necha yosh normal holat? Menimcha, 36 yosh eng ideali, maksimum 37! 40 yoshgacha aniq boksda qolmayman. Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin biznes bilan shug'ullanaman. Keyin har kuni golf o'ynayman", - dedi Saul.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar